«U yoshlar bilan raqobatlashishda allaqachon qiynalmoqda»: Shitov Ovechkinning natijadorligi pasaygani haqida
KXL klublarining sobiq himoyachisi Nikita Shitov Aleksandr Ovechkin yosh xokkeychilar bilan raqobatlashishda qiynalayotganini aytdi. Hujumchi ketma-ket 16 ta oʻyinda gol ura olmadi.

Shitovning fikricha, NHLdagi yosh xokkeychilar qarorlarni tezroq qabul qiladi va yaxshiroq harakatlanadi, shu sabab 41 yoshli Ovechkinga ular bilan raqobatlashish qiyinroq. Golsiz seriya rossiyalik hujumchi uchun shaxsiy antirekordga aylandi.
Joriy mavsumda Ovechkin 21 ta oʻyin oʻtkazib, 7 (1+6) ochko jamgʻardi. Shitov hujumchi hali jismoniy holatini yaxshilab, Ueyn Gretzki rekordiga yetish uchun qolgan shaybalarni ham kiritishi mumkin, deb hisoblaydi. U, shuningdek, jamoadoshlari Ovechkinga zarba berish uchun imkoniyatlarni tez-tez yaratib berishiga umid qilmoqda.




