Mark Hyuz: Hamilton va Leklerning Qatar va Abu-Dabidagi kurashi cheklanishi mumkin
Sharhlovchi Mark Hyuz Ferrari Meksika va Las-Vegasdagi hodisalardan soʻng Qatar va Abu-Dabida Lyuis Hamilton hamda Sharl Leklerning oʻzaro kurashini cheklashi mumkinligini kutmoqda.
27-noyabr, 12:50По-русски

sports.ru
Hyuzning fikricha, mavsumning yakunlovchi ikki poygasida Ferrari haydovchilariga trassada bir-biriga hujum qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Uning talqinicha, jamoa ularning raqobatini pit-uolldan nazorat qiladi va faqat boshqa jamoalar vakillari bilan kurashishga ruxsat beradi.
Sharhlovchining fikricha, Ferrari bu qarorni ommaga eʼlon qilmasligi mumkin. Hyuz ehtimoliy cheklovlar haqida Hamilton va Lekler trassada yonma-yon boʻlib qolsa, avtomobillarning xatti-harakatiga qarab xulosa qilishga toʻgʻri kelishini aytmoqda.




