Aleksandr Zverev Devis kubogi — 2026 chorak finalida Artur Ferini magʻlub etdi
Aleksandr Zverev Devis kubogi — 2026 chorak finalida Artur Ferini 6:3, 6:2 hisobida yutdi. Buyuk Britaniya — Germaniya bahsida hisob 1:1 boʻldi.
27-noyabr, 12:52По-русски

championat.com
Uchrashuv 1 soat 9 daqiqa davom etdi. Zverev toʻqqizta eys qayd etdi, toʻrtta qoʻshaloq xatoga yoʻl qoʻydi va oltita breyk-poyntdan toʻrttasidan foydalandi. Feri ikkita eys urdi, ikki marta qoʻshaloq xato qildi va uchta breyk-poyntning birortasidan ham foydalana olmadi.
Avvalroq Kemeron Norri Yan-Lennard Shtruffni 6:3, 3:6, 6:2 hisobida magʻlub etgandi. Chorak finaldagi ikki uchrashuvdan soʻng Buyuk Britaniya va Germaniya qarama-qarshiligida hisob 1:1 boʻldi.




