Oliver Bearman Haasda 2027-yilgi mavsumda ham qoladi
Britaniyalik pilot Oliver Bearman Haas bilan shartnomasini uzaytirdi va 2027-yilda Formula-1da jamoa safida qatnashishda davom etadi.

Yangi shartnoma haqida Qatar Gran-prisining poyga dam olish kunlari boshida maʼlum qilindi. Bearman uchun bu Haas tarkibidagi uchinchi toʻliq mavsum boʻladi: u 2024-yilda jamoa uchun ikki alohida bosqichda qatnashgan, 2025-yildan esa doimiy pilotga aylangan.
Muzokaralar uning Ferrariʼdagi istiqbollari noaniqligi sabab choʻzildi. Bearman Italiya jamoasi akademiyasi aʼzosi va kelajakda uning asosiy tarkibida qatnashishni umid qilmoqda, biroq Ferrari unga qanday kafolatlar bergani maʼlum qilinmagan. Agar yaqin orada Ferrariʼda joy boʻshamasa, uning menejmenti raqobatbardoshroq jamoaga oʻtish imkoniyatini ham koʻrib chiqdi.
Haas rahbari Ayao Komatsu hamkorlikni davom ettirishni tabiiy qaror deb atab, pilotning taraqqiyoti, mehnatsevarligi va qoʻshgan hissasini taʼkidladi. Keyingi mavsumda Bearmanning jamoadoshi Ferrari akademiyasi aʼzosi, braziliyalik Rafael Kamara boʻladi.




