Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Soʻnggi yangiliklar20:14 · Boshqa sport turlariEmiliya Zingas va Vadim Kolesnik Yaponiyadagi ISU Gran-prisi bosqichida ritm-raqsida gʻalaba qozondi19:57 · FutbolMusiala chap son mushaklari yirtilgani sababli 6 haftagacha safdan chiqadi19:54 · Boks va MMADyubua Manchesterda Parkerga qarshi titulini himoya qiladi19:48 · AvtosportOAV: haydash uslubidagi kutilmagan oʻzgarish Mark Markesni jahon chempionatidagi oʻninchi tituliga olib keldi19:35 · Boshqa sport turlariOʻzbekiston voleybol bilan shugʻullanuvchilar sonini 1 mln kishiga yetkazishni rejalashtirmoqda19:32 · Boks va MMAOʻzbekistonning sport tajribasi Kanada va Kosta-Rika mutaxassislarida qiziqish uygʻotdi19:17 · BasketbolOʻtgan NBA mavsumida har oʻyinda 17,4 ochko toʻplagan Porter jamoani tanladi — Charania19:15 · Futbol2027-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati uchun qurʼa tashlandi18:57 · AvtosportQatar Gran-prisi tashkilotchilari bosqich toʻla tribunalar oldida oʻtishini kutmoqda18:56 · AvtosportQatar Gran-prisida kuzatish kerak boʻlgan beshta jihat18:38 · FutbolLyuis Xemilton Sharl Lekler bilan soʻnggi mojaro haqida: «Hammasini hal qilamiz»18:30 · AvtosportFordning Le-Mans uchun yangi poyga mashinasi: GT41
Boks va MMA

Dyubua Manchesterda Parkerga qarshi titulini himoya qiladi

WBO chempioni Daniyel Dyubua 2027-yil 30-yanvar kuni Manchester shahridagi Co-op Live arenasida sobiq chempion Jozef Parkerga qarshi titulini ikkinchi bor himoya qiladi.

27-noyabr, 19:54По-русски

Read in English

bbc.co.uk

Bu Parkerning avgustda doping ishi boʻyicha vaqtinchalik chetlatilishi bekor qilinganidan keyingi ilk jangi boʻladi. Bokschilar dastlab 2025-yil fevralida jang qilishi kerak edi, biroq Dyubua jang haftasida kasalligi sabab chekingan.

Parker 2025-yil oktabrdagi soʻnggi jangida Fabio Uordliga yutqazdi. 29 yoshli Dyubua esa oktabrda ayni raqibini magʻlub etib, ikki karra jahon chempioniga aylandi. U bundan avval, 2024-yilda, «Uembli» stadionida Entoni Joshuani nokautga uchratgan.

Parker 2016-yilda WBO titulini qoʻlga kiritgan, 2018-yilda esa professional faoliyatidagi ilk magʻlubiyatini Joshuadan qabul qilgan. Yangi zelandiyalik bokschi Deontey Uaylder, Chjiley Chjan va Martin Bakoleni, Derek Chisorani esa ikki marta magʻlub etgan.

«Bu hamma koʻrishni istagan jang», — dedi promouter Frenk Uorren. Uning aytishicha, Parker yana jahon chempioni boʻlish imkoniyatiga ega boʻladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media