Oʻtgan NBA mavsumida har oʻyinda 17,4 ochko toʻplagan Porter jamoani tanladi — Charania
Himoyachi Kevin Porter Jr. «Orlando Magic» bilan ikki yillik shartnoma boʻyicha kelishib oldi. Bu haqda ESPN insayderi Shams Charania futbolchining agentiga tayanib, X tarmogʻida maʼlum qildi.

Bungacha basketbolchi «Denver Nuggets» va «Orlando» klublari rahbariyati bilan uchrashgan va yakunda Florida shtati jamoasini tanlagan.
Amerikalik futbolchi oʻtgan muntazam mavsumni «Milwaukee Bucks» safida oʻtkazib, jamoa uchun 38 ta oʻyinda maydonga tushdi. U har bir uchrashuvda oʻrtacha 17,4 ochko toʻpladi, 5,2 ta ribaund oldi va 7,4 ta assist qayd etdi. Oktabr oyida «Bucks» Porterʼni jamoa roʻyxatidan chiqardi.
Himoyachi NBAda jami toʻrtta klub — «Cleveland Cavaliers», «Houston Rockets», «Los Angeles Clippers» va «Milwaukee Bucks» safida 309 ta oʻyin oʻtkazgan. Faoliyati davomida u har bir oʻyinda oʻrtacha 14,4 ochko, 4,3 ta ribaund va 4,9 ta assist qayd etgan.




